Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland Abduqodir Husanovning debyuti haqida gapirdi. Bu haqda u “Chelsi”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Matbuot anjumanida Xoland dastlab, Husanovning debyuti haqida to‘xtalar ekan, himoyachiga vaqt kerakligi va u kuchli o‘yinchi ekaniga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Husanov kuchli himoyachi. Bu uning uchun ilk o‘yin edi. Asabiylashish normal holat. Men ham “Liverpul”ga qarshi dastlabki o‘yinimda shunga o‘xshash holatga tushganman. Unga yana bir nechta o‘yin kerak”, deydi Xoland.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni APL doirasida “Manchester Siti” “Chelsi”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 50 daqiqa harakat qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12712 | Инструменты