Janubiy Koreya prokuraturasi prezident Yun Sok Yolni isyon uyushtirganlikda aybladi, deya xabar berdi Reuters uning advokatlari va muxolifatdagi Demokratik partiyaga tayanib.
Prokuratura prezidentning 2024 yil 3 dekabrda qisqa muddatli harbiy holat joriy etganini isyon sifatida baholagan. Harbiy holat 6 soatdan keyin bekor qilingan edi.
«Prokurorlar isyonga rahbarlikda ayblanayotgan Yun Sok Yolga qarshi ayblov e’lon qilishga qaror qilishdi», dedi Demokratik partiya matbuot kotibi Xan Min Min.
Agar Yun Sok Yol aybdor deb topilsa, ko‘p yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.
Sobiq prezident qamoqqa olingan va bir kishilik kamerada saqlanmoqda. Harbiy holat joriy etishga uringani uchun parlament unga impichment e’lon qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12716 | Инструменты