Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023-yildan beri qidiruvda bo‘lgan 1991-yilda tug‘ilgan I. A. Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin o‘zbekistonliklarni fohishalik uchun sotgan ayol Turkiyada ushlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12800 | Инструменты