Huawei 1
O'zbekistonning 2 ta hududida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va Toyloq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.B fuqaro G.Sning ishonchiga kirib, uni 20 000 AQSH dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga 3 bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berishini vaʼda qilib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Z. fuqaro M.T.ni go‘yoki Andijon davlat tibbiyot institutida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты