Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikaning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
THE hisobotida qayd etilishicha tadqiqot sifati mezoni tahliliga ko‘ra O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining ushbu mezondagi natijalari jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ekanligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Times Higher Education reyting tashkiloti dunyoning 133 davlatining 2 860 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari orasida ularning xalqaro darajadagi akademik nufuzi, ilmiy nashrlar faolligi, iqtiboslik samaradorligi, bilimlar transferi, xalqaro hamkorlik hamda ilm-fan va ijtimoiy soha ravnaqiga qo‘shgan hissasi mezonlari asosida baholab keladi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi boshqa bir nufuzli reyting QS (QS World University Rankings-2025)ning TOP-1000 taligidan o‘rin egallagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты