Huawei 1
O'zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi 3–8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Qamashi tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Uzun, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida shunday hodisalar ro‘y berishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты