Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qo‘shimcha bozor mexanizmlari joriy qilinishi belgilandi.
Joriy yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qo‘yadi, fermerlar esa o‘ziga maʼqulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi.
Imtiyozli kredit olmay, o‘zi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasini 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Imtiyozli kreditni yil yakunigacha to‘liq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10 foizdan 6 foizga tushadi.
Prezidentimiz investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.
Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.
Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.
Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11700 | Инструменты