Huawei 1
Piskentda YTHga uchragan mashina ichida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi

Toshkent viloyati Piskent tumanida 15 aprel kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobil ichida qolib ketgan fuqaro qutqarildi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 15 aprel kuni soat 04:49 da Toshkent viloyati FVBga 112 qisqa raqami orqali A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, uning oqibatida haydovchi avtomobil saloni ichida qisilib qolgani va unga amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, haydovchi qutqarilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlarga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61423 | Инструменты