Huawei 1
Poytaxtdagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolaning oyog‘ini sindirib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog'chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog'i sindi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko'ra, 2025-yilning 22-yanvar kuni Sergeli tumanidagi “Solnishko” xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi yordamchisi Yu.M. tarbiyalanuvchi S.A. ni tinchlantirish maqsadida uni yuzlariga urib, tortganicha yotoqxonaga olib kirgan va tan jarohati yetkazilishi oqibatida bolaning chap oyog'i singan. Bolaga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan va 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan.

Hozirda Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxorodagi bog'chada tarbiyalanuvchi bolaga jarohat yetkazilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12722 | Инструменты