Huawei 1
Prezident maktabi bitiruvchisi Harvardga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov 354 000 dollarlik grant bilan Harvard universitetiga o‘qishga qabul qilindi.

Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300 000 dollarlik grant asosidagi qabul xatini ham qo‘lga kiritgan.

Abdulaziz Sobirov IELTS imtihonidan 8,5 ball hamda SAT xalqaro imtihonidan 1560 ball sohibidir. Shuningdek u «Zakovat o‘quvchilar ligasi» 2022-2023 mavsumi mutlaq g‘olibi — «Et Cetera» jamoasi a’zosi, PIIMA «Zakovat» turniri bo‘yicha 2-o‘rin sohibi, «Vice-head of the United students» vitse-prezidenti hamda PSAD klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты