Huawei 1
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilar tergov davomida mamlakatni tark eta olmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida jinoyat protsessida majburlov choralari institutini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Deputatlarning taʼkidlashicha, ko‘pincha jinoyat sodir etgan, lekin qamoqqa olinmagan shaxslar tergov, surishtiruv yoki suddan bo‘yin tovlash maqsadida davlat chegarasidan tashqariga chiqib ketadi. Natijada jabrlanuvchilarning huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan zararni qoplash imkoniyati kamayadi.

Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlariga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmagan, biroq ular mamlakatni uzrli sabablarsiz tark etishi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar yoki sudlanuvchilarning mamlakatdan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Bunday holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularning chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yishi mumkin.

"Qonun loyihasining qabul qilinishi jabrlanuvchining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga, uning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olishga xizmat qiladi," - deya taʼkidladi deputatlar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61814 | Инструменты