Huawei 1
Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yo‘li topildi

Kanada olimlari qandli diabet kasalligining II turi rivojlanishini sekinlashtirish va oldini olish yo‘lini topdi. Buning uchun tegishli ko‘rsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur.

Tadqiqotda ishtirok etgan ko‘ngillilar olti oy davomida odatdagi me’yordan ko‘proq dozada mazkur darmondorini qabul qildi. Yakunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlandi.

Ammo ko‘p yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. 

Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funksiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy ko‘rsatkichga erishish uchun yanada ko‘proq vaqt talab etilishi mumkin.

Shuningdek, qandli diabet bilan og‘rigan va unga moyilligi bo‘lganlar maxsus ovqatlanish rasioniga qat’iy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.

Mavzuga oid:

Qandli diabetning birinchi turidan aziyat chekuvchi bemorlar qabul qiladigan insulinni organizmga “ukol”siz yetkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi.

Qandli diabet asoratlari bolalar uchun qanchalik xavfli va bu kasallikdan bolalarni himoya qilish choralari qanday?

Shveysariyaning Jeneva universiteti olimlari qandli diabetni kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishidan avval aniqlash imkonini beruvchi molekulani topdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91419 | Инструменты