Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bino sotuvi haqida E-auksion platformasida e’lon berildi.
Xaridor obyekt negizida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida «ekobozor», savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar markazlarni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng bo‘lib, shundan 620,0 kv.m. joy qurilish osti maydoni hisoblanadi.
Ob’yekt Vazirlar Mahkamasining iyun oyidagi qaroriga binoan sotuvga chiqarilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 28,03 mlrd so‘m. Arizalar 31 oktyabr kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123022 | Инструменты