Huawei 1
Poytaxtda birinchi Markaziy Osiyo urban-forumi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda Markaziy Osiyo urban-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dizaynerlar, me’morlar va shaharsozlar ishtirok etdi. Forumda shaharsozlikni rivojlantirish, yashil hududlar sonini oshirish, shaharlarni havosi toza, tirbandliklardan holi hududga aylantirish singari masalalar muhokama qilindi. Forumni O‘zbekiston yosh me’morlar birlashmasi tashkil etdi. Tadbirda gender tengligi masalalariga ham e’tibor qaratildi. 

Tadbirda nafaqat shaharsozlik masalalari balki bugungi globallashuv davrida tobora ortib borayotgan avtomobillar hamda tirbandlik masalalariga ham to’xtalib o’tildi.

Forum yakunida ishtirokchilar urbanizatsiya jarayonlarida barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha yakuniy deklaratsiyani imzoladi. Unda ishtirokchilar “Yashil tashabbus”ga qo‘shilish, shahar resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun innovatsion yechimlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali “aqlli shaharlar” konsepsiyasini ilgari surish, inklyuziv rivojlanish tamoyillarini joriy etishga kelishib olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100521 | Инструменты