Huawei 1
Samarqandda sifatsiz qurilishlar buzib tashlandi

Samarqand viloyatida sifatsiz qurilish obyektlari buzib tashlandi. Bu haqda viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy obyektlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida Samarqand viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilgan.

“Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev tomonidan inspeksiyaning barcha xodimlari bilan ushbu masala yuzasidan muhokama o‘tkazilib, xodimlar hududlar bo‘ylab yo‘naltirildi” deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan yanada kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Me’mor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100520 | Инструменты