Huawei 1
6 264 nafar fuqaro narkotik moddalarning tarqalishi sababli  jinoiy javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2023-yilda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 5 519 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularda 6 264 nafar fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Yoshlar ishlari agentligida uyushtirilgan yoshlar press-klubida maʼlum qilishlaricha, shundan, 1 758 nafarini yoshlar tashkil qilgan.

Mazkur tadbirda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishining sabab va omillari, qonunchilikdagi islohotlar, chora-tadbirlar hamda istiqboldagi rejalar soha mutaxassislari tomonidan keng tahlil qilindi.

Press-klub savol-javob va bahslarga boy bo‘ldi, bu yo‘nalishda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan kerakli javoblarni olishdi.

Yig‘ilish yakunida mutaxassislar giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish yuzasidan yoshlarning kreativ takliflarini amaliyotga joriy qilish masalalarini belgilab olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты