Qarshida BYD bilan to'qnashgan Spark haydovchisi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri BYD Song Plus va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, voqea 4-iyul kuni soat taxminan 7:53 larda Qarshi shahri «Bo‘ston» MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 davlat ahamiyatdagi «Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jyeynov-Pomuq» avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark mashinasida orqaga burilayotganida haydovchi X.L. boshqaruvidagi BYD Song Plus yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashuv yuz bergan. Spark qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia bilan ham to‘qnashgan.

YTH oqibatda Spark haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, lekin shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. BYD Song Plus mashinasi haydovchisining ahvoli esa yaxshi ekani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus shahar hududi bo‘lishiga qaramay, katta tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin.

Kun.uz xabariga ko'ra, BYD Song Plus mashinasi Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli bo‘lgan. Undan hokimlik xodimlari navbatchi mashina sifatida foydalanishgan. Bu ma’lumotni tahririyatning viloyat hokimligidagi manbasi ham tasdiqlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70812 | Инструменты