Huawei 1
Qarshida maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2024-yilning 31-mart kuni sodir bo‘lgan. 

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB navbatchilik qismining 2024-yil 31-mart kuni bergan xabariga ko‘ra, shaharning “Qavali” mahallasida yashovchi 16 yoshli bola yashash uyining oshxonasida gaz trubasiga arqondan sirtmoq yasab o‘zini o‘zi osib, vafot etgan. Voyaga yetmagan fuqaroning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan, — deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati bergan xabarda. 

Sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lumotnomasida bolaning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqani, bo‘yin sohasidagi strangulyasion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlangani ko‘rsatilgan. 

Holat bo‘yicha so‘ralgan bolaning onasi o‘g‘li hech bir sababsiz o‘z joniga qasd qilganini, o‘g‘liga hech kim jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazmaganini, uning o‘limida biror-bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, marhum bola Qarshi shahridagi 15-sonli maktabning 9-sinfida tahsil olayotgan bo‘lgan. 

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuroraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты