Huawei 1
Qarshidagi gaz zapravkada yong‘in va portlash sodir bo‘ldi

FVV xabariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni soat 15:45 da Qarshi tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shaxobchasida avtomobilga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 16:45 da o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida shaxobcha binosining 22 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100720 | Инструменты