Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ekologiya bo'limi inspektorlari tomonidan daraxt kesilishi holati yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga borib o'rganildi.
O'rganishlarda tumanning "Bo'ston" mahallasida fuqaro G'. Ch hech qanday ruxsatnomasiz 4 tup eldor qarag'ayi hamda 2 tup sharq tuya daraxtini tag qismidan qo'porib tashlaganligi aniqlandi.Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtK 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 500 ming so'm jarima hamda 5 mln 700 ming zarar qo'llanildi. Qonunbuzar umumiy hisobda 6 tup daraxtni ildizi bilan olib tashlagani uchun 7,2 mln so'm jarima to'laydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21507 | Инструменты