Huawei 1
«MY» kiyim almashtirish xonasiga Aleks Fergyusonning kirishi taqiqlandi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiysi Aleks Fergyuson hamda jamoa kengashi uchun «MY» kiyim almashtirish xonasi eshiklari yopildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Jamoa afsonalarining kiyim almashtirish xonasiga tashrifi «Manchester Yunayted»ning uzoq tarixga ega an’analari va madaniyatining bir qismi sanalardi.

15-oktyabr kuni ma’lum bo‘lishicha, Aleks Fergyuson jamoa elchisi lavozimidan ozod etilgan. Jamoaning yangi egalaridan biri INEOS shunday qarorga kelgan. Xarajatlarni qisqartirish maqsadida Fergyuson elchilik maqomidan chetlatilgan, deyilmoqda.

Aleks Fergyuson — «Manchester Yunayted» tarixidagi eng buyuk murabbiy. Jamoani 27 yil (1986–2013) boshqargan: 13 marta Angliya chempioni, 5 marta mamlakat kubogi, ikki marta Yevropa chempionlar ligasi hamda bir marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi. Bundan tashqari, Qit’alararo kubok, Yevropa kubok egalari kubogi, Yevropa superkubogi, to‘rt marta Angliya ligasi g‘olibligi ser Aleks boshchiligida qo‘lga kiritilgan. U ketganidan buyon «Manchester Yunayted» biron marta Angliya chempioni bo‘lmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101620 | Инструменты