Huawei 1
Toshkent metropoliteni xodimlari uchun ko‘p qavatli uylar qurilmoqda

O‘zbekiston prezidentining 2024 yil may oyida imzolangan 313-sonli qaroriga asosan, metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Bu haqda 9 oktyabr kuni Xalqaro press-klubda Toshkent metropoliteni rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uylar metropolitenga qarashli bo‘lgan Yashnobod tumanidagi “O‘zbekiston” elektrodeposi hududining bo‘sh turgan 70 sotix yer maydonida barpo etilmoqda.

«Rejaga ko‘ra, to‘rtta 7 qavatli uy qurilib, unda 1 va 2 xonali jami 416 ta xonadon bo‘ladi. Hozirda tizimda 6 ming 300 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Qurilayotgan uy-joylar asosan, uysiz xodimlarga, yaʼni ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan hamda yosh oilalarga beriladi. Boshlang‘ich to‘lovning maʼlum qismi imtiyoz sifatida metropoliten tomonidan qoplanadi», — dedi Toshkent metropoliteni boshlig‘ining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ismoil Nigmanov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘p qavatli uylarni qurish jarayoni ayna paytda qizg‘in davom etmoqda. Birinchi ko‘p qavatli uyni 2025 yilning yanvar oyida topshirish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101620 | Инструменты