Huawei 1
Toshkent shahri markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 16-oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko’chasida, qurilish olib borilayotgan binoda yong’in sodir bo’layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:24  da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong’inni o’chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan ma’sullar chiqqan.

Hozirda aytilgan manzilda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to’g’risida ma’lumot kelib tushmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101620 | Инструменты