Huawei 1
Qashqadaryoda ilk bor tizza bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ilk bor tizza bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyoti bajarildi.

Dehqonobod tumani Gʻo‘roti qishlog‘ida yashovchi 58 yoshli Xonbibi Esanova ko‘p yillardan beri tizza bo‘g‘imi gonartrozi (yemirilishi)dan aziyat chekib kelgan. Viloyat tibbiyot muassasalarida olgan konservativ davo muolajalari esa kutilgan natija bermagan. Oxir-oqibatda shifokorlar onaxonni operasiya qilish lozim, degan xulosaga kelishdi.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchi mutaxassisi Odil Valiyev boshchiligidagi mahalliy shifokorlar tomonidan ushbu bemorda tizza bo‘g‘imini endoprotezlash operasiyasi bajarildi.

Natijada bemor davolanish uchun uzoq yo‘l bosib, poytaxtga borishiga hojat qolmadi. Ayni paytda uning ahvoli yaxshi. Shifokorlarning aytishicha, Xonbibi aya tez kunda yana mustaqil yura oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41912 | Инструменты