Joriy yil 15-mart kuni soat 21:10 larda "Qarshi – Samarqand" yoʻnalishida harakatlanib kelgan "Cobalt" rusumli avtomobil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan "Mingchinor" muntazam YPX maskanida toʻxtatildi.
Avtomashina haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida salon va yukxona koʻzdan kechirilganda kelib chiqishi nomaʼlum hayvonga tegishli boʻlgan, hech qanday hujjatlarsiz 900 kg goʻsht mahsuloti borligi aniqlandi.Aniqlangan goʻsht viloyat «Oziq - ovqat mahsulotlari xavfsizligi» laboratoriyasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilganda, isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʻldi.
Laboratoriya xulosasiga koʻra sifatsiz goʻsht mahsuloti tegishli tartibda yoʻq qilindi.Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, tegishli jazo qoʻllandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50315 | Инструменты