Huawei 1
Qashqadaryoda mahallada o‘tkazilayotgan tadbirda gaz balloni portladi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida gaz balloni portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 18-mart kuni soat 12:00 larda Ko‘kdala tumani "To‘kmor" MFYda o‘tkazilayotgan tadbirda fuqaro Sh.B. 20 litr sig‘imidagi gaz ballonga o‘rnatilgan "gaz plitkasi"da baliq mahsulotlarini pishirib sotayotgan vaqtida, gaz chaqnashi oqibatida gaz balloni portlab ketgan.

Oqibatda, yaqin atrofda bo‘lgan jami 37 nafar fuqaro turli tan jarohat olgan va shifoxonaga olib kelingan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 13 nafar fuqaroda tan jarohati aniqlanmaganligi sababli uyga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokururaturasi tomonidan JKning 207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты