Huawei 1
Ozarbayjon Armanistondan ekologik zararni qoplash uchun tovon puli talab qildi

Ozarbayjon Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurning noyob tabiatini yo‘q qilganlik va ekologik zarar yetkazganlik uchun tovon talab qilib, Armanistonga qarshi Gaagadagi arbitraj sudiga da’vo arizasi berdi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.

Da’vo arizasi 1979-yilgi “Yevropada yovvoyi hayvonot va o‘simlik dunyosi hamda tabiiy yashash muhitini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya (“Bern konvensiyasi”) asosida 12-fevral kuni taqdim etilgan.

“Armanistonga qarshi ushbu sud da’vosi Bern konvensiyasiga asoslangan birinchi ma’lum davlatlararo arbitraj jarayoni hisoblanadi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Hujjatda Armanistonning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yuridik majburiyatlarini ko‘p marta buzgani ta’kidlanadi.

Ozarbayjon o‘z hududlarini okkupatsiyadan ozod qilgach, Armanistonning atrof-muhitga yetkazgan dahshatli vayrongarchilik faktlarini aniqladi. Armaniston dunyodagi eng boy bioxilma-xillik markazlaridan birida yashash muhiti va turlarni himoya qilmagan. Armanistonning harakatlari mintaqadagi tirik tabiat va turlarga qaytarib bo‘lmas darajada jiddiy zarar yetkazdi, deyiladi bayonotda.

2023-yil 18-yanvar kuni Ozarbayjon Armanistonga ko‘rsatilgan dalillar asosida arbitraj jarayoni boshlangani haqida xabarnoma yubordi. 2023-yil 15-sentyabrda arbitraj sudining tarkibi tasdiqlandi va 2024-yil 12-aprelda Gaagadagi Tinchlik saroyida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi birinchi protsessual yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon Armanistondan yashash joylari va jonli tabiatni ommaviy ravishda yo‘q qilgani, xususan, yuzlab yovvoyi hayvonot turlari va ularning yashash muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan harakatlari uchun to‘liq tovon talab qilmoqda. Bu daraxtlarning kesilishi, kon qazish ishlari va gidroelektrstansiyalar qurilishini ham o‘z ichiga oladi.

BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) hisobotiga ko‘ra, 2000 yildan ortiq noyob daraxtlar o‘sgan Ozarbayjonning minglab gektar alohida muhofaza qilinadigan va qimmatli o‘rmonlariga zarar yetkazilgan.

Ushbu qo‘riqxonalarning ba’zilari Basitchay vodiysidagi sharqiy chinor o‘rmoni kabi noyob va zaif ekotizimlarni himoya qilish uchun yaratilgan. YUNEP, shuningdek, Oxchuchay daryosidagi yuzlab o‘lik baliqlarni va Armanistonning tog‘-kon faoliyati oqibatida suv, tuproq va biologik xilma-xillikning kimyoviy ifloslanishini qayd etdi. Armanistonning xatti-harakatlari bir nechta muhofaza qilinadigan baliq va amfibiya turlariga tahdid solmoqda.

Ozarbayjon adolatni ta’minlash bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiradi va Armanistonni noqonuniy ishg‘ol paytida atrof-muhit, hayvonlar turlari va yashash joylarini yo‘q qilish hamda himoya qilish choralarini ko‘rmagani uchun xalqaro javobgarlikka tortadi, deya ta’kidladi TIV.

Ozarbayjon o‘z hududlarini okkupatsiyadan ozod qilganidan so‘ng, Armaniston atrof-muhitni yo‘q qilayotgan dahshatli faktlarni aniqladi. Bu mamlakat dunyodagi eng boy bioxilma-xillik o‘choqlaridan birida yashash muhiti va turlarni himoya qilmagan. Armanistonning xatti-harakatlari mintaqadagi tirik tabiat va turlarga qaytarib bo‘lmaydigan jiddiy zarar yetkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21320 | Инструменты