Huawei 1
Qashqadaryodagi shifoxonaning tug'ruq bo'limida akusher-ginekolog va doya pora bilan qo'lga olinib, ishdan bo'shatildi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokor ayollarning yaqinlaridan pul olayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda tug'ruq bo'limidagi shifokor ayollarning yaqinlaridan pul olayotgani, 50 ming so'mga ko'nmay, yana ko'proq so'rayotgani, bu pullarni barchaga bo'lib tarqatishini aytgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo'yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi va doyasi ishdan bo‘shatilib, to‘plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.

Ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning (+998-91) 403-17-73 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinmoqda.

Qolaversa, vazirlik qoshida kunu tun "1003" qisqa raqamli “Call-markaz”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalari qoshida "1103" qisqa raqamli “Call-markaz”lar ishlab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111701 | Инструменты