Huawei 1
Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1,8 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaligi texnikalar yetkazib berildi

2024 yilning 9 oyi davomida “O‘zagrolizing” AJ hududiy filiallari orqali 6 747 dona turli rusumdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi. AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva  joriy yil 9 oyidagi natijalari va yetkazilgan texnikalar tahlili yuzasidan maʼlumot berdi:

Bu yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida Respublikamizning barcha hududlaridagi paxta dalalarida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida yetkazilgan Xitoyning “Boshiran” rusumli 4 qatorli paxta terish mashinalaridan keng foydalanilmoqda. 

Zamonaviy paxta terish mashinalarining unumdorligi yuqori bo‘lib, har biri yordamida kuniga 40-50 tonnagacha paxta terib olish mumkin. Eng asosiysi, paxta terish mashinalari hosilni sifatli va yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish imkonini beryapti.

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga umumiy qiymati 1 853 mlrd. 109 mln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi texnikalar yetkazib berildi.

2024-yil I-II-III choraklarida Jamiyatga jami 54 ta Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar kelib tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты