Huawei 1
Qishloq xo‘jaligi sohasida 1 mln nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 14-sentabrda  yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni nazarda  tutuvchi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, yosh biznes egalari banklardan 100 mln so‘m miqdorida garov ta’minotisiz kredit olishlari mumkin. Hozirda ushbu imkoniyatdan foydalanib,  ko‘plab tadbirkorlar  biznes faoliyatini amalga oshirishmoqda. Ularning aksariyati “Yosh tadbirkorlar forumida qatnashishdi. 

Mazkur tadbirda ko‘plab tadbirkorlik subyektlari o‘z stendlari bilan ishtirok etdilar. Forum avvalida, BRB, O‘zLIDEP “Yoshlar- kelajagimiz” va Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armalari vakillari biznes egalarining ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Shunday tadbirkorlardan biri Akramxon Yunusov U Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida  misdan o‘ziga xos hunarmandchilik buyumlari yasamoqda.

Tadbirkorning aytishicha, misdan tayyorlangan bunday buyumlarga Markaziy Osiyoda talab katta, ularning foydali xususiyatlari ham ko‘p.

Boshqa tadbirkorlar ham viloyatlarning milliy ko‘zgusiga aylangan hunarmandchilik namunlarini namoyish etishdi. Shundan so‘ng, forum tashkil etildi. Unda mutasaddilar tadbirkor va startapchilarni  qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro muloqot platformasini yaratish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi. 

Xayrulla Sattarovning qo‘shimcha qilishicha, tadbirkorlikda aniq metadologiyaning o‘zi yo‘q, har bir yo‘nalishdagi biznesning sir-asrorlarini  sidqidildan o‘rganish zarur. Qolaversa,  sohani yanada rivojlantirish uchun shu kabi forumlarning o‘rni beqiyos. Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 2 mlnga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты