Huawei 1
Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan qoramollarda yuqumli kasallik tarqalgani tufayli har joydan ham go‘sht sotib olmaslikka chorlovchi audioxabar tarqaldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi holatga munosabat bildirdi

Unga ko‘ra, holat Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda tegishli idora vakillari hamkorligida atroflicha o‘rganildi. So‘nggi olti oy davomida hududdagi chorva mollarida biror-bir kasallik aniqlanmagani, qoramollar sog‘lom parvarish qilinayotgani aniqlandi.

Yolg‘on va asossiz xabar tarqatgan audioxabar egasi Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi fuqaro Feruza Tursunova ekani ma’lum bo‘ldi. Unga yolg‘on xabar berish, vahima uyg‘otuvchi asoslanmagan ma’lumot tarqatish uchun qonunchilikda jiddiy jazo borligi tushuntirildi hamda mutasaddi idoralar tomonidan ogohlantirildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining taqdim etgan ma’lumotida keltirilishicha, mamlakatda qoramollar soni 14,5 mln boshga, o‘tgan yilga nisbatan 435 ming boshga, qo‘y-echkilar 24,1 mln boshga, o‘tgan yilga nisbatan 500 ming boshga ko‘paygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91721 | Инструменты