Huawei 1
Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi

Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.

Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizdagi barcha hududlardagi terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2500 so‘m etib belgilash qayd etildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, bu narx aholi daromadlarini oshishiga ham xizmat qiladi. 

“Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg paxta terib, 1 mln so‘m ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln oilaviy daromad degani”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tarmoqlarda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov terimchilarga bir kilo paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lanishini aytgan videolavha tarqaldi.

Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100923 | Инструменты