Huawei 1
Qashqadaryodagi YTHda Labo ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 14:20 atrofida G‘uzor tumani “Qoratikan” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 25 kilometrida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Qashqadaryo IIB YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi B.T. boshqaruvida bo‘lgan “Mercedes-Benz" rusumli avtomobilini “Chim-Qarshi” yo‘nalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli avtomobili bilan urilgan.

Oqibatda Labo rusumli transport vositasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etishgan.

Ushbu holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101001 | Инструменты