10-oktyabr kuni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari JCh saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashadi. O‘FA mazkur uchrashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni «Bunyodkor» stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘ragan.
«Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz.
Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘FA KXDRga qarshi o‘yin avvalida ham shunday murojaat bilan chiqqandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты