O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Curzon Consulting" kompaniyasining sog'liqni saqlash sohasidagi hamkor boshqaruvchisi Chetan Trivedi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
"Curzon Consulting" 2003-yilda tashkil etilgan bo'lib, "Financial Times" va "Statista" tomonidan Britaniyaning "TOP-20" konsalting sohasidagi kompaniyalarining ro'yxatiga kiradi. Kompaniya moliya, infratuzilma, muhandislik, sog'liqni saqlash va jamoat sektori sohalarida biznes mijozlariga strategiyalar va innovatsion loyihalarni taklif etadi.
Suhbat davomida sog'liqni saqlash sohasida hamkorlik o'rnatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu yo'nalishda qo'shma loyihalarni amalga oshirish, respublikaga tibbiy uskunalarni beg'araz yordam sifatida yetkazish bo'yicha fikr almashildi.
Chetan Trivedi Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar, shu jumladan sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish va aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbollarini batafsil muhokama etish maqsadida "Curzon Consulting" kompaniyasining O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan onlayn muzokaralarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты