Qoʻqon Davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonada yashirin videokamera oʻrnatilgani haqida xabar bergan edik. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qizlarning xonasiga rostan ham videokamera oʻrnatilganini tasdiqlagan edi.
Ushbu holatga Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti rahbariyati ham izoh berdi.
Qayd etilishicha, Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektorining buyrugʻiga koʻra, talabalarning psixologik muammolari bilan ishlash, ularning ruhiy holatlarini barqarorlashtirish hamda oʻqish jarayonidagi stress holatlarini oldini olish boʻyicha maxsus xona tashkil etilish maqsadida haftaning shanba-yakshanba kunlari talabalar oʻz uyiga ketishlarini hisobga olib xonani shanba kuni jihozlash boshlangan.
"Lekin bu holat haqida talabalar oʻz vaqtida ogohlantirilmagan. Natijada bu anglashilmovchilik yuz bergan.
Ushbu holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyiladi rahbariyat xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21120 | Инструменты