Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur hujjat “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, qo‘riqlash faoliyati sohasiga tegishli ayrim qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqilgan.
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullanib, 2022-yil iyun oyida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan edi.
“Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunlarda va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda aks etgan “harbiylashtirilgan soqchilik” tushunchasi “harbiylashtirilgan qo‘riqlash” tushunchasi bilan o‘zgartirilmoqda.
Senatorlar muhokama jarayonida ushbu Qonunning qo‘riqlash faoliyati sohasidagi tushunchalarning aniq va bir xil qo‘llanilishiga xizmat qilishini aytib o‘tdilar.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10507 | Инструменты