Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga avtomobilning urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Holat yuzasidan "Hudugazta'minot" AJ rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat natijasida hududdagi 800 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22417 | Инструменты