Huawei 1
Qoraqalpog‘istonning chekka hududlarida suv tanqisligini kamaytirish maqsadida sholi ekish rejalashtirilmoqda

Qoraqalpog‘istonda suv tanqisligini kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini barqarorlashtirish maqsadida faqat chekka hududlarda sholi ekish bo‘yicha hukumat qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Unda keltirilishicha, o‘tgan yili Qoraqalpog‘istonda qariyib 20 ming gektar maydonda noqonuniy sholi ekilgan va ular qariyib 0.3 km kub suvni ortiqcha sarflanishiga olib kelgan. Bu, Qoraqalpog‘iston uchun aprel va sentyabr oylarida ajratiladigan suv limitlariga yaqin ko‘rsatkichdir.

Natijada, Qoraqalpog‘istonda ming gektar aholi tomorqasi va 111 ming gektar boshqa turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari suvsiz qolgan.

Mazkur vaziyatdan kelib chiqib, hukumat quyidagi asosiy talablarni belgilanmoqda:

— sholi ekin maydonlarini faqat chekka hududlar – Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlariga joylashtirish;

— ushbu tumanlarda belgilangan shartnoma asosida sholi ekishga boshqa hududdagi dehqon va fermer hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarga (korxona, muassasa, klaster, birlashma va kooperasiyalar) ham imkon yaratish maqsadida tanlov komissiyasi tuzish;

— belgilangan hududlarda noqonuniy sholi ekilishining oldini olish bo‘yicha tuman ishchi guruhlari va respublika shtabini tuzish;

— xalqimizning guruch mahsulotlariga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda hajmini 20 ming gektargacha qat’iy chegaralash;

— oziq-ovqat xavfsizligini real ta’minlash maqsadida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don qabul qilish tashkilotlariga imtiyozli kreditlar ajratish hamda olingan hosilning 25 syentnerini mazkur tashkilotlarga topshirish bo‘yicha fermerlar bilan shartnomalar tuzish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21120 | Инструменты