Huawei 1
Qoraqalpog'istonda matematika fani bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o'tkaziladi

Shu yilning 23-29-oktyabr kunlari Nukus shahrida matematika fani bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o'tkaziladi.

Mazkur xalqaro olimpiada O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog'iston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ma'lumot uchu, 2018 yil 26 avgustda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida matematika bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadani o'tkazish to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida har ikki yilda bir marta matematika bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada tashkil etiladi.

Mazkur xalqaro olimpiadani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad buyuk allomaning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ'ib etish, qolaversa, iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, ularni fundamental va aniq fanlar bilan shug'ullanishga keng jalb etish hamda ilm-fan yo'lida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Olimpiada g'oliblariga (O'zbekiston fuqarolari) matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha magistratura bosqichiga kvotadan tashqari davlat granti asosida kirish huquqi beriladi. Mazkur huquq bakalavr bosqichini bitirgandan keyin 3 yil mobaynida saqlab qolinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100919 | Инструменты