Huawei 1
Qoraqalpoq o‘tovi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Nukus shahri hududidagi “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.

Bugun “Oq qush” majmuasida Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91804 | Инструменты