Huawei 1
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi: Issiqlik ta’minoti obyektlari qish mavsumiga 100 foiz tayyor

Qish mavsumida elektr energiyasida uzilishlar bo‘lgan taqdirda qozonxonalarda mobil generatorlar joriy qilish nazarda tutilgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi.

Ilhom To‘rayevning aytishicha, elektr energiyasida uzilishlar bo‘lgan vaqtda ham issiqlik ta’minotini bir me’yorda ushlab turish uchun qozonxonalarni generatorlar bilan jihozlash belgilangan.

Barcha qozonxonalarimizni generatorlar bilan ta'minlash ishlarini amalga oshiramiz. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, hammasi mablag‘ga borib taqaladi. Shuning uchun ijtimoiy soha obyektlarini zaxira generatorlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahrida va viloyatlarda mobil generatorlarimiz bor. Qish mavsumiga issiqlik ta'minoti obyektlari 100 foiz tayyor, dedi vazirlik mas’ul xodimi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12211 | Инструменты