O‘n yetti nafar sudya tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar zaxirasiga kiritildi. Bu haqdagi tegishli qaror kecha bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.
Nomzodlar quyi va o‘rta bo‘g‘in sudlari sudyalari bo‘lib, yuqori reyting ko‘rsatichlaridan tashqari faollik, tashabbuskorlik va boshqaruv qobiliyati sifatlari bo‘yicha tanlandi.
Tanlab olingan nomzodlar uchun Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabida ikki oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
O‘quv dasturlari sud boshqaruvini samarali tashkil etish, tashabbuskorlik, vazifalarni aniq shakllantirish, muayyan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, tizimda korrupsiyaning barvaqt oldini olish kabi qator mezonlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar huquqshunos olimlar, malakali psixologlar va katta tajribaga ega sud faxriylari tomonidan olib borilishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22619 | Инструменты