Huawei 1
Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo'llab-quvvatlanadi

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, IT-park rezidentlariga quyidagi qo'shimcha faoliyat turlari bo'yicha xizmat ko'rsatishga ruxsat beriladi:

- axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta'lim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o'qitish;

- internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yo'nalishi bo'yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

- internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko'rsatgan, O'zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to'g'risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig'idan ozod etiladi.

2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan IT-park rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari) – O'zbekiston norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hamda foyda solig'ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты