Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi

Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlari vakillari bilan Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ichki bozorda isteʼmol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni taʼminlash yuzasidan respublikamizning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarni narxlariga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari bo‘yicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bog‘liq tizimli muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121219 | Инструменты