Huawei 1
Raqobat qo'mitasiga 9 oyda isteʼmolchilardan jami 20 872 ta murojaatlar kelib tushgan

Raqobat qo'mitasi tomonidan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida 2024-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Qo'mitaga respublika bo‘ylab isteʼmolchilardan jami 20 872 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan:

—  7 634 ta (36,6 foiz) uy-joy kommunal, transport xizmatlari;

—  7 697 ta (36,9 foiz) savdo va umumiy ovqatlanish;

—   4 886 ta (23,4 foiz) aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar;

—   655 ta (3,1 foiz) reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi.

Mazkur murojaatlar va tizimli o‘rganishlar natijasida, 8,9 mln nafar isteʼmolchining qonuniy  huquqlari himoya qilinib, ular foydasiga 113 mlrd so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты