Huawei 1
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur ochiq muloqotda 250 dan ortiq faollar ishtirok etdi. Tadbirda asosiy urg’u yoshlarni kitobxonlikka chorlashga qaratildi. 2022-yilda o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovi g’olibi Yorqinjon Hayitboyev bu borada yoshlarga o’rnak qilib ko’rsatildi. Quvonarli jihati Yorqinjonning ayrim yutuqlari sabab, uning onasi ham hukumatimiz tomonidan taqdirlandi.

Tadbir davomida yig’ilganlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariga o’zlarining savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Shulardan biri kutubxonalar tizimi haqida bo’ldi. Uning so’zlariga ko’ra, respublikamizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar o’z hisobotlarini Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga, monitoring uchun hujjatlarni AOKAga topshiradi. Bundan tashqari tuman/shahar kutubxonalariga rahbarni hokimlar tayinlaydi. Shu asnoda mazkur ziyo maskanlari bo’ysinuvchi tashkilotlar bir nechtani tashkil qilmoqda.

Tadbir so’ngida Otabek Hasanov yoshlarni hamisha quo’llab-quvvatlashini, bu borada Yoshlar ishlari agentligi bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты