Huawei 1
Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan 10 dan ortiq xotin-qizlarning O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva boshchiligidagi turli mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytgan.

“Tashrif jarayonida qator firma va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 300 dan ortiq xotin-qizlarning mehnat sharoitlari o‘rganildi va ular bilan yaqindan suhbatlashildi.

Og‘ir vaziyatga tushib qolgan 10 dan ortiq xotin-qizlarning mamlakatimizga qaytishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi”, deyiladi qo‘mita axborotida.

Rossiya Federatsiyasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari”da saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarilgan. Ular tegishli markazga joylashtirilgan. Bolalar keyinroq ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты