Huawei 1
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 14 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona vakillari tomonidan mamlakatimiz Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari mavjud bo'lmagan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar O'zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Aksariyat bolalarning ota-onalari muqaddam Rossiya hududida bo'lish tartibini buzganligi sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bosh konsulxonada ular uchun Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi va O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlariga topshirildi.

Sankt-Peterburg davlat byudjet tashkiloti yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni saqlash markaziga o'zbekistonlik bolalarga ko'rsatgan g'amxo'rligi va yaqindan hamkorligi uchun alohida minnatdorlik bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91708 | Инструменты