Huawei 1
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi

O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to'rt nafar farzandi O'zbekistonga qaytarildi

Ma'lum bo'lishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo'qotib qo'ygani uchun turli muammolarga duch kelgan.

Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yo'qotgan bolalarning onasiga O'zbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ayol va uning bolalarining yurtimizga kelishi uchun aviachipta sotib olindi.

Hamyurtimiz farzandlari bilan birga bugun O'zbekistonga uchib ketdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Rossiyadan og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31504 | Инструменты